Mazkur yo‘nalish doirasida xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F.Xolmuratova Qarshiobod mahallasida bo‘lib, hududdagi holat, aholi murojaatlari hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
O‘tganish davomida mahalladagi ijtimoiy masalalar, obodonlashtirish ishlari, aholining mavjud ehtiyojlari va takliflari o‘rganildi.
Shuningdek, muammolarni tizimli hal etish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Hududlarda olib borilayotgan bu kabi o‘rganishlar aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashishga xizmat qilmoqda.