35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбай районында инклюзив орталықты беккемлеўге қаратылған акция өткерилди
янв.21
РУЎХЫЙЛЫҚ ОРАЙЫНА САПАР: ШЫМБАЙДА КИТАПҚУМАРЛЫҚ МӘДЕНИЯТЫН АРТТЫРЫЎ МӘСЕЛЕЛЕРИ ДОДАЛАНДЫ
янв.21
Депутат «Қаракөл» МПЖ аймағындағы исбилерменлик субъектлери жумыслары менен танысты
янв.21
«Кеңес» АПЖ аймағында пуқаралардың мүрәжатлары үйренилди
янв.21
Deputat bazardaǵı baha jaǵdayın úyrendi
янв.21
Deputat máhállede jumıs alıp barıp atırǵan tigiw cexına barıp, onıń jumıs procesi menen jaqınnan tanıstı.
янв.21
“Jipek jolı” máhálle jetiligi menen ushırasıw ótkerip, aymaqtaǵı sociallıq-ekonomikalıq jaǵday hám xalıqtı qıynap kiyatırǵan áhmiyetli mashqalalardı úyrendi.
янв.21
Deputat baslaması….
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Shımbay rayonında basshı hám jaslar ushırasıwı ótkerildi
MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining doimiy komissiyalari tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda qabul qilingan dasturlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil amalga oshirilmoqda.“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi Shuxrat Abduxamidovich Abduvoxidov olib bordi. Unda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdi.Kun tartibiga muvofiq, Parkent tumani mahalliy
budjetining qo‘shimcha manbalari mablag‘laridan foydalanish holati to‘g‘risidagi hisobot ko‘rib chiqildi. Hisobot davomida qo‘shimcha manbalar hisobidan shakllangan mablag‘larning yo‘naltirilishi, ularning maqsadli va samarali sarflanishi, amalga oshirilgan loyihalar hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar yuzasidan batafsil axborot berildi.Muhokamalar jarayonida doimiy komissiya a’zolari tomonidan budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish, ajratilgan mablag‘larning natijadorligini oshirish, qo‘shimcha daromad manbalarini ko‘paytirish,budjet intizomini mustahkamlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga savollar berilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.Yig‘ilish yakunida hisobot yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, masala bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, mazkur masalani Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.Namunaviy doimiy komissiya qarori asosida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.
  

Slide 1 of 7