Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
📌 2026-yil 7-avgust kuni Kengashlar uyi binosida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi o'ttiz beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 Sessiyani viloyat Kengashi raisi Sh.Negmatov olib bordi.
✍️Sessiyada viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimi o'rinbosarlari, boshqarma, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.
➡️ Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
🔘“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilovning hisoboti haqida;
🔘viloyatning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali rahbari E.Mamasoliyevning hisoboti haqida;
🔘viloyatning Narpay tumanidagi “Baxt”, Payariq tumanidagi “Go‘zal”, Qo‘shrabot tumanidagi “Xonazar” kichik sanoat zonalarining bir qismini hamda Qo‘shrabot tumanidagi “Navkat” kichik sanoat zonasi to‘liq tugatish to‘g‘risida;
🔘Bulung‘ur tumanidagi Bog‘bon va Beshqo‘ton mahallalarning chegarasini o‘zgartirish to‘g‘risida;
🔘viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
🔘jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;
🤝 Sessiyada kun tartibidagi barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Mazkur qarorlar hududni kompleks rivojlantirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, investitsiyalarni jalb etish hamda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.