Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan Aytim mahallasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
📊 O‘rganish natijalariga ko‘ra, mahallada jami 86 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro istiqomat qilmoqda. Ularning tarkibi quyidagicha:
♿️ I guruh – 8 nafar
♿️ II guruh – 48 nafar
♿️ III guruh – 14 nafar
👶 Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar – 16 nafar
🤝 O‘tgan oy davomida:
💼 2 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit ajratildi.
🏥 4 nafar fuqaroga reabilitatsiya markazlariga yo‘llanmalar berildi.
🦽 Shuningdek, ehtiyojdan kelib chiqib fuqarolar nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari, protez-ortopediya mahsulotlari va boshqa texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlab borilmoqda.
✅Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — nogironligi bo‘lgan shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlari to‘liq ta’minlanishi, ularga belgilangan davlat imtiyozlari hamda ijtimoiy xizmatlarning manzilli va samarali yetkazilishini nazorat qilishdan iborat.