35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat balalar maydanshasınıń jaǵdayın úyrendi
янв.21
Deputat ońlanıp atırǵan baqsha jumısların úyrendi
янв.21
Deputat "Shımbay Golden Park"tegi attrakcionlardıń texnikalıq qáwipsizligin úyrendi
янв.21
Депутатлық қадағалаў: Районлық Электр тәмийинлеў болими тәрепинен әмелге асырылған жумыслар үйренилди
янв.21
ХАЛЫҚТЫ ҮЗЛУКСИЗ ГАЗ БЕНЕН ТӘМИЙИНЛЕЎ – БАСЛЫ ЎАЗЫЙПА
янв.21
Қәўипсиз бақша: Жумысшы топар тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилмекте
янв.21
«ТАЗҒАРА» АПЖ АЙМАҒЫНДА ҮЙМЕ-ҮЙ ЖҮРИП, ПУҚАРАЛАР МАШҚАЛАЛАРЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Deputat tayarlıqtaǵı jaslar menen ushırastı
янв.21
Deputat texnikumnıń tigiwshilik baǵdarı jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat Shımbay texnikumında avtotransport quralların basqarıw baǵdarı jumısı menen tanıstı
📊 SHOVOT TUMANIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH DASTURLARI IJROSI – DEPUTATLIK NAZORATIDA

🔷 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich hamda 1-Komiljon Otaniyozov saylov okrugi deputati Kariyev Mansur Omongaldiyevich tomonidan Shovot tumani "Qirg‘oqbo‘yi" MFY hududidagi 51-son umumiy o‘rta ta’lim maktabini rekonstruksiya qilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
🏗 Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-223-son Farmoni hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-18-143-12-177-K/25-son qarori asosida, 2026-yilda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan muhim investitsion loyihalardan biridir.
🏫 Loyiha doirasida "Qirg‘oqbo‘yi" mahallasidagi 51-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilinmoqda. Qurilish-ta’mirlash ishlarining umumiy qiymati 7 milliard 576 million so‘mni tashkil etadi.
✅ O‘rganish davomida qurilish ishlari yakuniy bosqichga yetgani, barcha ta’mirlash ishlari amaldagi davlat standartlari (DST) va belgilangan texnik me’yorlar asosida sifatli bajarilayotgani qayd etildi. Deputatlar tomonidan ishlarning sifati, muddatlarga rioya etilishi hamda qurilish jarayonining borishi yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🎓 Ushbu loyiha foydalanishga topshirilgach, maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun yanada zamonaviy, qulay va xavfsiz ta’lim muhiti yaratiladi. Bu esa yosh avlodning sifatli bilim olishi hamda hudud ta’lim infratuzilmasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🤝 Hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, davlat dasturlarining ijrosi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 5