35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joqarǵı Keńes deputatı Shımbay rayonında saylawshılar menen ushırastı
янв.21
Keńes baslıǵı «Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálle» statusı berilgen máhállelerde alıp barılıp atırǵan ońlaw jumısları menen tanıstı.
янв.21
Qáwipsiz baqsha
янв.21
Keńes baslıǵı saylaw okrugindaǵı ajırım jaǵasına kelip qalǵan shańaraq aǵzaları menen ushırastı.
янв.21
DEPUTATLIQ USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
“Shımbay dıyqan bazarı” JShJ jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat gózzallıq salonlarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
“ASHIQ BYUDJET”
янв.21
Deputat kóshe-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi
янв.21
Mádeniy miyras obektleri hám olardıń saqlanıw jaǵdayı menen tanıstı
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_so'rovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "10-Oqmasjid" saylov okrugi deputati Abdullayev Farxod Ravshanovich tomonidan O'zbekiston mahallalar uyushmasining Uchtepa tumani bo'limi boshlig‘i Laziz Yusupovga deputatlik so'rovi chiqarildi.

⚠️ Mazkur deputatlik so'rovida Oqmachit mahallasining 4-tor, Chevar va Zulfizar ko‘chalarida joylashgan bolalar hiyoboni hamda sport maydonchasini obodonlashtirish va ta’mirlash zarurati mavjudligi aniqlanganligi qayd etilgan.

📂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PQ-201-son “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida yoshlarni sportga keng jalb etish va mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilanganligi bildirilgan.

📈 Shu munosabat bilan, 4-tor, Chevar va Zulfizar ko‘chalarida joylashgan bolalar hiyoboni hamda sport maydonchasini obodonlashtirish va ta’mirlash masalasini ko‘rib chiqish, ko‘rib chiqish natijalari hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan amaldagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ravishda asoslantirilgan javob taqdim etish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1