35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joqarǵı Keńes deputatı Shımbay rayonında saylawshılar menen ushırastı
янв.21
Keńes baslıǵı «Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálle» statusı berilgen máhállelerde alıp barılıp atırǵan ońlaw jumısları menen tanıstı.
янв.21
Qáwipsiz baqsha
янв.21
Keńes baslıǵı saylaw okrugindaǵı ajırım jaǵasına kelip qalǵan shańaraq aǵzaları menen ushırastı.
янв.21
DEPUTATLIQ USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
“Shımbay dıyqan bazarı” JShJ jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat gózzallıq salonlarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
“ASHIQ BYUDJET”
янв.21
Deputat kóshe-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi
янв.21
Mádeniy miyras obektleri hám olardıń saqlanıw jaǵdayı menen tanıstı
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi

Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirokida Zoom platformasi orqali navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish tashkil etildi.

🔴 Yig‘ilish davomida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar holati, deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish hamda Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Xususan:

🔹 Deputatlar tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar natijalari va ularning samaradorligi;

🔹 Deputat so‘rovlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda murojaatlar bilan ishlash holati;

🔹 Kengash sessiyalarini yuqori saviyada tashkil etish, kun tartibiga kiritilayotgan masalalarning dolzarbligi va sifatini oshirish;

🔹 Qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, ularning natijadorligini muntazam monitoring qilib borish;

🔹 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarni yuritish, e’lon qilinayotgan materiallarning haqqoniyligi, mazmuni va sifati;

✔️ Muhokamalar davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, faoliyat samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4