35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joqarǵı Keńes deputatı Shımbay rayonında saylawshılar menen ushırastı
янв.21
Keńes baslıǵı «Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálle» statusı berilgen máhállelerde alıp barılıp atırǵan ońlaw jumısları menen tanıstı.
янв.21
Qáwipsiz baqsha
янв.21
Keńes baslıǵı saylaw okrugindaǵı ajırım jaǵasına kelip qalǵan shańaraq aǵzaları menen ushırastı.
янв.21
DEPUTATLIQ USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
“Shımbay dıyqan bazarı” JShJ jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat gózzallıq salonlarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
“ASHIQ BYUDJET”
янв.21
Deputat kóshe-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi
янв.21
Mádeniy miyras obektleri hám olardıń saqlanıw jaǵdayı menen tanıstı
Qo‘qon shahar soliq inspeksiyasida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Kengashning “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zosi X.Abdullayev, Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi A.Adxamov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Akbarov tomonidan Qo‘qon shahar soliq inspeksiyasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Qo‘qon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari I.Nizomitdinov bilan joriy yilning iyul oyi mahalliy byudjet reja ko‘rsatkichlari ijrosi, byudjet daromadlarini oshirish, soliq tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlash hamda soliq intizomini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, soliq va soliqqa oid huquqbuzarliklarning oldini olish, boqimanda qarzdorliklarni qisqartirish va undirish, soliq to‘lovchilarning qonunchilikka rioya etishini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan amaliy choralar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida mahalliy byudjet reja ko‘rsatkichlarini to‘liq bajarish maqsadida qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash, yashirin iqtisodiyot holatlarining oldini olish, norasmiy faoliyat yuritayotgan subyektlarni qonuniy faoliyatga jalb etish hamda soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3