35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Keńes baslıǵı «Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálle» statusı berilgen máhállelerde alıp barılıp atırǵan ońlaw jumısları menen tanıstı.
янв.21
Qáwipsiz baqsha
янв.21
Keńes baslıǵı saylaw okrugindaǵı ajırım jaǵasına kelip qalǵan shańaraq aǵzaları menen ushırastı.
янв.21
DEPUTATLIQ USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
“Shımbay dıyqan bazarı” JShJ jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat gózzallıq salonlarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
“ASHIQ BYUDJET”
янв.21
Deputat kóshe-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi
янв.21
Mádeniy miyras obektleri hám olardıń saqlanıw jaǵdayı menen tanıstı
янв.21
Sessiya kún tártibine kirgizilgen máseleler belgilengen tártipte hár tárepleme dodalandı.
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan “Mingtut” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim U.Yusupovning O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktyabrdagi O‘RQ-641-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, reabilitatsiya xizmatlarini tashkil etish hamda ehtiyojmand fuqarolarga manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, ijtimoiy xodim U.Yusupov tomonidan mahalla hududida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida nogironligi bo‘lgan shaxslarga zarur reabilitatsiya vositalari yetkazib berilgani, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar psixolog hamda yurist konsultatsiyalariga yo‘naltirilgani, buning natijasida ularning ijtimoiy va turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 5 nafar fuqaroning uy-joyini ta’mirlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berilgani, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani hamda bolalarning ijtimoiylashuvini ta’minlash maqsadida ularni turli sport to‘garaklariga jalb etish ishlari yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

O‘rganish jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslarni sog‘lomlashtirish, ularning salomatligini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish hamda sanatoriy va sihatgohlarga bepul yo‘llanmalar ajratish tartibi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4