35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya kún tártibine kirgizilgen máseleler belgilengen tártipte hár tárepleme dodalandı.
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
AWIR KATEGORIYADAǴI “PÁSHENTTAW” MÁHÁLLESINDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
Deputat bazardaǵı baha jaǵdayın úyrendi
янв.21
Deputat qábirstan aymaǵında abadanlastırıw jumıslarında qatnastı
янв.21
Deputat kóshe-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi
янв.21
Deputat járdemi menen puqara jumısqa jayǵastırıldı
янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
ÓzLiDeP partiyası wákilleri rayonlıq veterinariya bóliminiń jumısın úyrendi
янв.21
Жоқарғы Кеңес депутаты Шымбай районында сайлаўшылар менен ушырасты
Termizda avtomobil yuvish shahobchalari o‘rganildi: Suv resurslarini tejash nazorat ostida!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 17-"Surxon sohili" saylov okrugi deputati, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Raxmatullayev, 12-"Saxovat" saylov okrugi deputati, komissiya a’zosi X.Jurayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar shahar Ekopolitsiya bo‘limi boshlig‘i S.Qurbonov bilan shahar avtomobil yuvish shahobchalarida o‘rganish ishlari olib borildi.

Ushbu o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi 2022-yil 22-iyuldagi O‘RQ-784-sonli Qonuni talablari asosida amalga oshirildi.

Asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
✅ Suvdan foydalanish bo‘yicha shartnomalarning mavjudligi;
✅ Oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimining talabga javob berishi;
✅ Suvni hisobga olish uskunalarining (schetchik) holati;
✅ Ekologik me’yorlarga rioya qilinishi.
O‘rganishlar davomida Termiz shahridagi ayrim avtomobil yuvish shahobchalarida ilg‘or texnologiyalar joriy etilayotgani aniqlandi. Xususan, bir shahobchada suvni qayta ishlash texnologiyasi muvaffaqiyatli tatbiq etilgan bo‘lib, bu orqali suvdan 1-2 marotaba qayta foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Bu nafaqat suv sarfini sezilarli darajada kamaytiradi, balki ekologiyaga bo‘lgan salbiy ta’sirni ham minimallashtiradi. Bu kabi yondashuv boshqa avtomobil yuvish shahobchalari uchun ham namuna bo‘lishi lozim.

Slide 1 of 3