35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya kún tártibine kirgizilgen máseleler belgilengen tártipte hár tárepleme dodalandı.
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
AWIR KATEGORIYADAǴI “PÁSHENTTAW” MÁHÁLLESINDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
Deputat bazardaǵı baha jaǵdayın úyrendi
янв.21
Deputat qábirstan aymaǵında abadanlastırıw jumıslarında qatnastı
янв.21
Deputat kóshe-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi
янв.21
Deputat járdemi menen puqara jumısqa jayǵastırıldı
янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
ÓzLiDeP partiyası wákilleri rayonlıq veterinariya bóliminiń jumısın úyrendi
янв.21
Жоқарғы Кеңес депутаты Шымбай районында сайлаўшылар менен ушырасты
Deputat “Guliston” mahallasida olib borilayotgan qurilish ishlari sifatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 21-"Guliston" saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Abdulla Mamatqulov tegishli mas’ullar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qarori ijrosi doirasida, Islom taraqqiyot banki ishtirokida hamda BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi asosida tumanning “Guliston” mahallasida joylashgan 49-umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Ushbu o'rganishga tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov ham hamrohlik qildi.

Mazkur hududda 12x24 o‘lchamdagi zamonaviy sport zali, 50 o‘rinli oshxona qurilishi hamda maktab hududini o‘rash ishlari amalga oshirilmoqda.

Tuman hokimi, deputat tomonidan qurilish jarayonlarining sifatli va belgilangan standartlar asosida olib borilishi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati, ishlarning o‘z vaqtida yakunlanishi alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4