35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya kún tártibine kirgizilgen máseleler belgilengen tártipte hár tárepleme dodalandı.
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
AWIR KATEGORIYADAǴI “PÁSHENTTAW” MÁHÁLLESINDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
Deputat bazardaǵı baha jaǵdayın úyrendi
янв.21
Deputat qábirstan aymaǵında abadanlastırıw jumıslarında qatnastı
янв.21
Deputat kóshe-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi
янв.21
Deputat járdemi menen puqara jumısqa jayǵastırıldı
янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
ÓzLiDeP partiyası wákilleri rayonlıq veterinariya bóliminiń jumısın úyrendi
янв.21
Жоқарғы Кеңес депутаты Шымбай районында сайлаўшылар менен ушырасты
“Duoba” mahallasida deputatlik nazorati: mahalla faoliyati atroflicha o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyatining kunlik ish rejasiga muvofiq mahallalarda deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 6-“Duoba” saylov okrugidan saylangan deputat Qorakulov Ravshan Usmonovich, tuman Kengashi kotibiyati mudiri D. Sherboyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh. Shoymardonov ishtirokida “Duoba” mahallasida o‘tkazildi.

Deputatlik nazorati davomida mahalladagi “mahalla yettiligi” faoliyati tizimli tahlil qilinib, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, mahalladagi ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglandi hamda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilandi.

O‘rganish jarayonida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida hududda olib borilayotgan ishlarning samaradorligi ham baholanib, mavjud imkoniyatlardan yanada unumli foydalanish, aholini qiynayotgan muammolarni tezkor bartaraf etish va mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3