35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joqarǵı Keńes deputatı Shımbay rayonında saylawshılar menen ushırastı
янв.21
Keńes baslıǵı «Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálle» statusı berilgen máhállelerde alıp barılıp atırǵan ońlaw jumısları menen tanıstı.
янв.21
Qáwipsiz baqsha
янв.21
Keńes baslıǵı saylaw okrugindaǵı ajırım jaǵasına kelip qalǵan shańaraq aǵzaları menen ushırastı.
янв.21
DEPUTATLIQ USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
“Shımbay dıyqan bazarı” JShJ jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat gózzallıq salonlarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
“ASHIQ BYUDJET”
янв.21
Deputat kóshe-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi
янв.21
Mádeniy miyras obektleri hám olardıń saqlanıw jaǵdayı menen tanıstı
Deputatlik nazorati: ta'lim sifatini oshirish va yangi bog‘chani foydalanishga topshirish ustuvor vazifa

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 21-"Guliston" saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Abdulla Mamatqulov saylov okrugidagi ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va davlat dasturlari ijrosi yuzasidan navbatdagi deputatlik nazoratini olib bordi. Ushbu o'rganishga tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov ham hamrohlik qildi.

Deputat "Yangiyer" mahallasida 120 o‘rinli 29-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari bilan tanishib, obyektni belgilangan muddatlarda, sifatli va zamonaviy talablar asosida foydalanishga topshirish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Shuningdek, 5-sonli umumta'lim maktabida 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ham o‘rganilib, ta'lim sifati, infratuzilmani yaxshilash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.

Yosh avlodning munosib ta'lim va tarbiya olishi, zamonaviy ta'lim maskanlarini barpo etish hamda hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish – deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 6