35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joqarǵı Keńes deputatı Shımbay rayonında saylawshılar menen ushırastı
янв.21
Keńes baslıǵı «Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálle» statusı berilgen máhállelerde alıp barılıp atırǵan ońlaw jumısları menen tanıstı.
янв.21
Qáwipsiz baqsha
янв.21
Keńes baslıǵı saylaw okrugindaǵı ajırım jaǵasına kelip qalǵan shańaraq aǵzaları menen ushırastı.
янв.21
DEPUTATLIQ USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
“Shımbay dıyqan bazarı” JShJ jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat gózzallıq salonlarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
“ASHIQ BYUDJET”
янв.21
Deputat kóshe-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi
янв.21
Mádeniy miyras obektleri hám olardıń saqlanıw jaǵdayı menen tanıstı
Qoziguzar mahallasida yomg‘ir suvlari toshqini muammosi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🌧 Qoziguzar mahallasida yomg‘ir suvlari toshqini muammosi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Dilshod Shoumarov tomonidan Toshkent shahar hokimi Sh.B. Umurzakov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 3-iyuldagi qarori asosida joriy yilning 20-iyul kuni Uchtepa tumani “Qoziguzar” mahalla fuqarolari yig‘inida o‘tkazilgan saylovchilar bilan ochiq muloqot va axborot uchrashuvi davomida kelib tushgan murojaatlar asosida tayyorlandi.

📝 Murojaatlarda “Qoziguzar” mahallasining “Katta qani” ko‘chasi 18-uy hamda ushbu ko‘chadagi boshqa xonadonlarda kuchli yog‘ingarchilik vaqtida yomg‘ir suvlari uy-joylarga kirib, aholi uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etilgan. Fuqarolar mazkur muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini so‘rab murojaat qilgan.

📁 Shu munosabat bilan deputat Dilshod Shoumarov tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida Toshkent shahar hokimi Sh.B. Umurzakovdan mazkur hududdagi holatni tegishli mutaxassislar ishtirokida atroflicha o‘rganish, xonadonlarga suv toshishi sabablarini bartaraf etish maqsadida kanalizatsiya tizimini barpo etish yoki ushbu loyihani tegishli hududiy dasturga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqish, shuningdek, ko‘riladigan chora-tadbirlar yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

🤝 Mazkur deputatlik so‘rovi aholi xavfsizligini ta’minlash, yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish hamda hudud muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, masala deputat tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1