35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat kóp qabatlı turaq jaylardaǵı jaǵdaydı úyrendi
янв.21
Deputat awır máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı
янв.21
Deputat rayonlıq Jaslar isleri bóliminiń jumısı menen tanıstı
янв.21
"Kónshi" máhállesindegi jap salmalardıń betonlaw jumıslarınıń barlıǵı menen tanıstı
янв.21
Deputat rayondaǵı imam-xatibler menen ushırastı
янв.21
"JOL MÁDENIYATI - QÁWIPSIZ ÓMIR KEPILI" ÚGIT-NÁSIYAT AKCIYASÍ ÓTKERILDI.
янв.21
«КӨКШИ ҚАЛА» МПЖ АЙМАҒЫНДА ҮЙМЕ-ҮЙ ЖҮРИП, ПУҚАРАЛАР МАШҚАЛАЛАРЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Deputatlar tárepinen Shımbay diyqan bazarı átirapında avtotransport qolaylıqların tártipke salıw hám transport quralların jaylastırıw máseleleri dodalandı
янв.21
Deputatlar tárepinen rayon orayındaǵı sawda orınlarında tártip-intizamdı támiyinlew hám olardıń jumısın belgilengen talaplarǵa muwapıq shólkemlestiriw máseleleri dodalandı
янв.21
Deputatlar tárepinen rayonda jol háreketi qáwipsizligin támiyinlew hám transport qurallarınıń háreket tezligin normativlik dárejege keltiriw máselesi dodalandı
Maktabgacha ta’lim sifati va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar deputat e’tiborida

#deputat_tashabbusi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

❗️ Maktabgacha ta’lim sifati va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar deputat e’tiborida

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova, Olmazor tumani "Adolat" SDP raisi va tuman Kengashi deputati Umida Fayziyeva, shuningdek, 22-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Nargiza Mirahmedova ishtirokida Olmazor tumanining 11-Moyqo‘rg‘on saylov okrugi hududida joylashgan 22-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, sog‘lom ulg‘ayishi hamda xavfsiz va zamonaviy muhitda tarbiyalanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

📁 Muassasa 2019-yilda qayta tashkil etilgan bo‘lib, 7 ta guruhda 210 nafar bola sig‘imiga ega. Hozirda 161 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Tashkilot hududida bolalarning yozgi dam olishi va sog‘lomlashtirilishi uchun basseyn hamda yozgi ayvonchalar tashkil etilgan, hovli to‘liq obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirilgan.

📝 Shuningdek, logoped, psixolog va tibbiyot xonalari, zamonaviy oshxona hamda omborxonalar faoliyati, rus tili guruhlari va qo‘shimcha to‘garaklarning tashkil etilishi, pedagoglar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari ham batafsil o‘rganildi. Muassasada 29 nafar xodim faoliyat yuritayotgani qayd etildi.

📉 O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tizimining samaradorligi, bolalar xavfsizligi, sog‘lom ovqatlanish, sport va sog‘lomlashtirish infratuzilmasi, mutaxassislar faoliyati hamda ta’lim sifati Mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun tavsiya etilgan 24 ta ustuvor yo‘nalish va 162 ta muhim qonun talablari asosida tahlil qilindi.

🤝 Muassasa rahbariyati, pedagoglar hamda mas’ullar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud infratuzilmani takomillashtirish, bolalar uchun qulay va xavfsiz muhitni mustahkamlash yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

💡 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz sharoitlarni kengaytirish, ta’lim sifati hamda tarbiyaviy jarayon samaradorligini oshirish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Mazkur yo‘nalishda aniqlangan taklif va ehtiyojlar tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich ko‘rib chiqilishi hamda deputatlik nazoratida olib borilishi qayd etildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10