35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
ÓzLiDeP partiyası wákilleri rayonlıq veterinariya bóliminiń jumısın úyrendi
янв.21
Жоқарғы Кеңес депутаты Шымбай районында сайлаўшылар менен ушырасты
янв.21
"Шымбай ҳаўазы" газетасы
янв.21
Deputat kósheme-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi.
янв.21
Deputat máhálle profilaktika inspektorınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Депутат сайлаў округинда алып барылып атырған қурылыс жумысларын үйренди
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАӮ ОКРУГИНДАҒЫ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
Shımbay rayonında «Basshı hám jaslar» ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Ishimlik suw tarmaqları jaqsılanbaqta
Fuqarolar murojaati deputat tomonidan o‘rganildi

Fuqarolar tomonidan mahalladagi 3 ta transformator punkti (TP) uzoq yillardan buyon foydalanib kelinayotgani, texnik holati eskirgani hamda mavjud quvvat aholi ehtiyojini to‘liq qoplay olmayotgani sababli elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi. Shu munosabat bilan hududga qo‘shimcha ravishda 2 ta zamonaviy transformator punkti o‘rnatish zarurligi bildirildi.

Shuningdek, murojaatlarda mahalladagi 60 ta elektr tayanch ustuni jismonan va ma’nan eskirgani, 2024-yilda o‘rnatilgan 28 ta temir-beton tayanch ustuni esa bugungi kunga qadar elektr tarmog‘iga ulanmagani sababli ulardan amalda foydalanish imkoni yaratilmaganligi qayd etildi.

Deputat tomonidan mazkur muammolar hududning o‘zida ko‘zdan kechirilib, elektr infratuzilmasining amaldagi holati mahalla faollari va mutasaddi xodimlar ishtirokida atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, elektr ta’minotini yaxshilash, transformator punktlarini modernizatsiya qilish, qo‘shimcha quvvatlar yaratish hamda foydalanishga topshirilmagan tayanch ustunlarini tarmoqqa ulash masalalari yuzasidan vakolatli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi. Mazkur masalalarning ijrosi deputat nazoratiga olindi.

Fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish va hududlarda mavjud muammolarni amaliy hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 4