35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joqarǵı Keńes deputatı Shımbay rayonında saylawshılar menen ushırastı
янв.21
Keńes baslıǵı «Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálle» statusı berilgen máhállelerde alıp barılıp atırǵan ońlaw jumısları menen tanıstı.
янв.21
Qáwipsiz baqsha
янв.21
Keńes baslıǵı saylaw okrugindaǵı ajırım jaǵasına kelip qalǵan shańaraq aǵzaları menen ushırastı.
янв.21
DEPUTATLIQ USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
“Shımbay dıyqan bazarı” JShJ jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat gózzallıq salonlarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
“ASHIQ BYUDJET”
янв.21
Deputat kóshe-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi
янв.21
Mádeniy miyras obektleri hám olardıń saqlanıw jaǵdayı menen tanıstı
Biriktirilgan tashkilot faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi

#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_Qonun
#nazorat_tahlil

Biriktirilgan tashkilot faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev tuman Kengashi deputati Q.Igamberdiyevaga biriktirilgan Qiziriq tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlari markazida bo‘lib, deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar bilan ishlash yo‘nalishi doirasida markaz faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida markaz tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, murojaatlar bilan ishlash tizimi, ijtimoiy xizmatlar sifati hamda qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-son Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. Unda qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifati, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, qonun ijrosini ta'minlash hamda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha monitoring ishlari davom ettirilishi qayd etildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3