35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Шымбай ҳаўазы" газетасы
янв.21
Deputat kósheme-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi.
янв.21
Deputat máhálle profilaktika inspektorınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Депутат сайлаў округинда алып барылып атырған қурылыс жумысларын үйренди
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАӮ ОКРУГИНДАҒЫ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
Shımbay rayonında «Basshı hám jaslar» ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Ishimlik suw tarmaqları jaqsılanbaqta
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi mektepke shekemgi bilimlendiriw shólkemi jumısı hám imaratlarınıń texnikalıq jaǵdayın úyrendi.
янв.21
Baslanǵısh partiya shólkemi shólkemlestirilmekte
янв.21
BELSENE NURANÍYLAR MENEN ABADANLASTÍRÍW MÁSELELERI DODALANDÍ
📌 Deputatlar saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yil II chorakdagi faoliyati yuzasidan axborot berdi



Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati E. Abduraxmonov hamda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati E. Mansurskaya tomonidan Boʻston mahalla fuqarolar yigʻini binosida saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan 2026-yilning II choragi mobaynida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, saylov okrugida olib borilgan oʻrganishlar, fuqarolar murojaatlari asosida koʻrilgan choralar, tegishli tashkilotlarga yuborilgan deputatlik soʻrovlari hamda ularning ijrosi yuzasidan batafsil axborot berildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi kotibiyati mudiri L. Kenjayeva, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi M. Turdimuhammatov, Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi N. Abdumoʻminova, mahalla faollari hamda shahar hokimligi masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Muloqot jarayonida deputatlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, hududda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan maishiy chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqish, drenaj tarmoqlarining holatini yaxshilash hamda mahalladagi ayrim infratuzilmaviy masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi.

Bildirilgan murojaat va takliflar deputatlar tomonidan nazoratga olinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tartibda amaliy choralar koʻrilishi taʼkidlandi.

Slide 1 of 3