35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
ÓzLiDeP partiyası wákilleri rayonlıq veterinariya bóliminiń jumısın úyrendi
янв.21
Жоқарғы Кеңес депутаты Шымбай районында сайлаўшылар менен ушырасты
янв.21
"Шымбай ҳаўазы" газетасы
янв.21
Deputat kósheme-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi.
янв.21
Deputat máhálle profilaktika inspektorınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Депутат сайлаў округинда алып барылып атырған қурылыс жумысларын үйренди
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАӮ ОКРУГИНДАҒЫ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
Shımbay rayonında «Basshı hám jaslar» ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Ishimlik suw tarmaqları jaqsılanbaqta
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tuman Axborot-kutubxona markazida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.Mazkur jarayonda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayev Dilshod Ruxutdin o‘g‘li ham ishtirok etdi.O‘rganish davomida markazning faoliyat yo‘nalishlari,mavjud adabiyotlar jamlanmasi, kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklar,shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlarining sifati va samaradorligi ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklar hamda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.Muloqot davomida kutubxona fondida jami 66 ming 722 ta
adabiyot mavjudligi, ularning 52 ming 937 tasini kitoblar tashkil etishi hamda markazda ro‘yxatdan o‘tgan kitobxonlar soni 9 ming 670 nafarga yetgani qayd etildi.Shuningdek, muassasa xodimlarining fikr va takliflari
tinglanib, axborot-kutubxona markazi faoliyatini yanada takomillashtirish,yoshlar orasida kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.Deputatlik nazorati doirasida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasini oshirish, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
  

Slide 1 of 3