35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joqarǵı Keńes deputatı Shımbay rayonında saylawshılar menen ushırastı
янв.21
Keńes baslıǵı «Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálle» statusı berilgen máhállelerde alıp barılıp atırǵan ońlaw jumısları menen tanıstı.
янв.21
Qáwipsiz baqsha
янв.21
Keńes baslıǵı saylaw okrugindaǵı ajırım jaǵasına kelip qalǵan shańaraq aǵzaları menen ushırastı.
янв.21
DEPUTATLIQ USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
“Shımbay dıyqan bazarı” JShJ jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat gózzallıq salonlarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
“ASHIQ BYUDJET”
янв.21
Deputat kóshe-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi
янв.21
Mádeniy miyras obektleri hám olardıń saqlanıw jaǵdayı menen tanıstı
🏛✅ Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi joylarda o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining **"Shovot tumanida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida"**gi qarori ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🌳📹 O‘rganish davomida mazkur qarorga asosan Shovot kanali bo‘ylarini obodonlashtirish maqsadida ko‘chatlar xarid qilish hamda hududga 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi videokuzatuv kameralarini o‘rnatish uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
👥 O‘rganishda:
🔹 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Izzat Masharipovich Masharipov;
🔹 Kengash kotibiyati xodimi Umrbek Shavkatovich Ro‘zmetov;
🔹 Shovot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari Ixtiyor Quryazov hamda Rufat Hajiyev ishtirok etdilar.
🎥🤝 Shuningdek, qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar "Xorazm Online" hamda "Shovot City" blogerlari ishtirokida keng jamoatchilikka yetkazilib, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borilmoqda.
✅ Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan qaror ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda. Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli sarflanishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari sifati hamda ularning o‘z vaqtida yakunlanishi doimiy nazoratda saqlanmoqda.

Slide 1 of 3