35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
ÓzLiDeP partiyası wákilleri rayonlıq veterinariya bóliminiń jumısın úyrendi
янв.21
Жоқарғы Кеңес депутаты Шымбай районында сайлаўшылар менен ушырасты
янв.21
"Шымбай ҳаўазы" газетасы
янв.21
Deputat kósheme-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi.
янв.21
Deputat máhálle profilaktika inspektorınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Депутат сайлаў округинда алып барылып атырған қурылыс жумысларын үйренди
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАӮ ОКРУГИНДАҒЫ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
Shımbay rayonında «Basshı hám jaslar» ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Ishimlik suw tarmaqları jaqsılanbaqta
Toshkent shahar Kengashi deputatlari mahalla tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan team building tadbirida faol ishtirok etdi

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari mahalla tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan team building tadbirida faol ishtirok etdi

🏛 “Humo Arena” sport saroyida Toshkent shahar hokimi boshchiligida mahalla tizimini yanada rivojlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yirik taqdimot va team building bo‘lib o‘tmoqda.

📝 Unda poytaxtdagi 585 ta mahallaning “mahalla yettiligi” vakillari, Toshkent shahar hokimligi rahbariyati, shahar boshqarmalari va tashkilotlari, tuman hokimliklari rahbarlari qatorida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etdi.

🔎 Tadbir mahalla institutini yangi bosqichga olib chiqish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, aholi murojaatlari va muammolarini joyida hal etish, idoralararo hamkorlikni mustahkamlash hamda Prezidentimizning PF–116-son Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi.

📉 Shuningdek, team building davomida mahallalarda jamoaviy yondashuvni kuchaytirish, davlat organlari va mahalla institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, tajriba almashish hamda hududlarda mavjud muammolarga yechim topish bo‘yicha amaliy mexanizmlar muhokama qilinmoqda.

💡 Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputatlarining hududlarda aholi manfaatlarini ta’minlash, mahallalar bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirish hamda Prezident tomonidan belgilangan islohotlar ijrosini samarali tashkil etish borasidagi sa’y-harakatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5