35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
ÓzLiDeP partiyası wákilleri rayonlıq veterinariya bóliminiń jumısın úyrendi
янв.21
Жоқарғы Кеңес депутаты Шымбай районында сайлаўшылар менен ушырасты
янв.21
"Шымбай ҳаўазы" газетасы
янв.21
Deputat kósheme-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi.
янв.21
Deputat máhálle profilaktika inspektorınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Депутат сайлаў округинда алып барылып атырған қурылыс жумысларын үйренди
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАӮ ОКРУГИНДАҒЫ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
Shımbay rayonında «Basshı hám jaslar» ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Ishimlik suw tarmaqları jaqsılanbaqta
KENGASHNING HAFTALIK ISH REJASI DOIRASIDA: 39-DMTT FAOLIYATI OʻRGANILDI

KENGASHNING HAFTALIK ISH REJASI DOIRASIDA: 39-DMTT FAOLIYATI OʻRGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashining tasdiqlangan haftalik ish rejasi ijrosini taʼminlash hamda hududlardagi ijtimoiy soha obyektlarida yaratilgan shart-sharoitlarni tizimli tahlil qilib borish maqsadida amaliy oʻrganishlar davom etmoqda.

Xususan, joriy haftalik reja doirasida tuman Kengashi kotibiyati xodimi Sh.Ergasheva tumandagi 39-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati va u yerda bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tarbiyalanuvchilarning guruh xonalari, yotoqxonalari va oʻyin maydonchalarining sanitariya-gigiyena talablariga mosligi hamda xavfsizligi;

Mashgʻulotlarning zamonaviy metodlar asosida tashkil etilishi, tarbiyachilarning malakasi va bolajonlarning intellektual faolligi.

Kotibiyat xodimi Sh.Ergasheva muassasa masʼullari va tarbiyachilar bilan suhbatlashib, tarbiya maskanidagi mavjud ijobiy tajribalarni eʼtirof etdi hamda taʼlim-tarbiya sifatini yanada oshirish, aniqlangan kichik kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan oʻz tavsiyalarini berdi.

Kengashning haftalik ish rejasi doirasida tumandagi barcha maktabgacha taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarida monitoring va amaliy koʻmak berish ishlari izchil davom ettiriladi.