Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shımbay rayonında «Basshı hám jaslar» ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Ishimlik suw tarmaqları jaqsılanbaqta
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi mektepke shekemgi bilimlendiriw shólkemi jumısı hám imaratlarınıń texnikalıq jaǵdayın úyrendi.
янв.21
Baslanǵısh partiya shólkemi shólkemlestirilmekte
янв.21
BELSENE NURANÍYLAR MENEN ABADANLASTÍRÍW MÁSELELERI DODALANDÍ
янв.21
MÁHÁLLEDEGI MASHALALAR ÚYRENILMEKTE
янв.21
“Jaslar másláhát toparı” aǵzaları ushın oqıw seminarı bolıp ótti
янв.21
“Tazajol” APJ aymaǵındaǵı mektep imaratınıń kapital ońlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Ekologiya partiyası "Meniń baǵım" joybarı sheńberinde ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı
янв.21
“Tazajol” APJ aymaǵındaǵı boyan tamır islep shıǵarıw kárxanasınıń jumısı menen tanıstı
#deputat_axboroti O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Marg‘ilon shahridan saylangan viloyat va shahar Kengashi deputatlarining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvaliga muvofiq, 10-Bobur saylov okrugidan saylangan deputat Tursunqulov Eldor Adxamovichning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda mahalla yettiligi vakillari, faol fuqarolar, mahalla oqsoqollari hamda hudud jamoatchiligi ishtirok etib, deputatning hisobot davridagi faoliyati, saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar asosida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.

Xususan, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida belgilangan loyihalarning ijrosi, hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda saylov okrugida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Muloqot jarayonida deputat o‘z faoliyatida asosiy e’tiborni aholi bilan doimiy aloqani ta’minlash, fuqarolar tomonidan bildirilayotgan taklif va muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimiga ko‘maklashishga qaratayotganini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olinib deputatning koʻcha aylanish daftariga qayd etildi.

Mazkur uchrashuv deputatlik faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash, saylovchilar bilan mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda hududdagi mavjud masalalarni hamjihatlikda hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7