Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ishimlik suw tarmaqları jaqsılanbaqta
янв.21
Shımbay rayonında «Basshı hám jaslar» ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi mektepke shekemgi bilimlendiriw shólkemi jumısı hám imaratlarınıń texnikalıq jaǵdayın úyrendi.
янв.21
Baslanǵısh partiya shólkemi shólkemlestirilmekte
янв.21
BELSENE NURANÍYLAR MENEN ABADANLASTÍRÍW MÁSELELERI DODALANDÍ
янв.21
MÁHÁLLEDEGI MASHALALAR ÚYRENILMEKTE
янв.21
“Jaslar másláhát toparı” aǵzaları ushın oqıw seminarı bolıp ótti
янв.21
“Tazajol” APJ aymaǵındaǵı mektep imaratınıń kapital ońlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
“Tazajol” APJ aymaǵındaǵı boyan tamır islep shıǵarıw kárxanasınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Ekologiya partiyası "Meniń baǵım" joybarı sheńberinde ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Xasanova tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatning "Zilol" mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari hamda joyiga chiqib olib borgan o‘rganishlari davomida A.T.Xudoyqundiy mavzesi 50-uy, 16-xonadonda yashovchi fuqaro Matqosimova Ergashoy tomonidan yashash xonadonini ta’mirlash yuzasidan murojaat bildirildi.

O‘rganish jarayonida fuqaro boquvchisini yo‘qotgan, yolg‘iz ona ekani hamda 2 nafar voyaga yetmagan farzandi va nogiron onasi bilan yashayotgani, mavjud uy-joy sharoiti esa ta’mirtalab holatda ekani aniqlandi.

Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i J.Mirzayev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida fuqaroning uy-joyini ta’mirlash masalasini amaldagi qonunchilik asosida ko‘rib chiqish, ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar va ularni bajarish muddatlari yuzasidan asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda erishilgan natijalar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2