35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
ÓzLiDeP partiyası wákilleri rayonlıq veterinariya bóliminiń jumısın úyrendi
янв.21
Жоқарғы Кеңес депутаты Шымбай районында сайлаўшылар менен ушырасты
янв.21
"Шымбай ҳаўазы" газетасы
янв.21
Deputat kósheme-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi.
янв.21
Deputat máhálle profilaktika inspektorınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Депутат сайлаў округинда алып барылып атырған қурылыс жумысларын үйренди
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАӮ ОКРУГИНДАҒЫ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
Shımbay rayonında «Basshı hám jaslar» ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Ishimlik suw tarmaqları jaqsılanbaqta
#deputat_soʻrovi

Deputatlik so‘rovi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasi talablariga muvofiq tarzda tayyorlanib, Toshkent viloyati transport boshqarmasi  boshlig‘i nomiga yo‘naltirildi.

💬 So‘rovda qayd etilishicha, Olmaliq shahri aholisidan jamoat transporti xizmati sifati, yo‘nalishli taksi va avtobuslarning qatnov grafiklari hamda yo‘l haqi miqdorlari yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

💬 Deputatlik so‘rovida aholini qiynayotgan quyidagi asosiy masalalarga qonuniy tushuntirish va amaliy yechim talab qilingan.
-yo‘nalishli transportlarning belgilangan vaqt intervallariga rioya etmasligi,
- yo‘l haqining asossiz oshirilishi yoki belgilangan tariflarga amal qilinmaslik holatlari,
- transport vositalarining texnik holati va yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat darajasi.

Shuningdek, u deputatlik so‘roviga javob qaytarishda qonun talablari asosida masalaga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini eslatib o‘tdi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 193-moddasiga binoan, deputat so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki uni kechiktirish, yoxud bila turib noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish holatlari uchun mansabdor shaxslarga jarima qo‘llanilishi belgilangan.

🔻 Mazkur deputatlik so‘rovi  natijasida viloyat transport boshqarmasining rasmiy munosabati olinadi va shahardagi jamoat transporti tizimini tartibga solish bo‘yicha aniq choralar ko‘riladi.