35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
ÓzLiDeP partiyası wákilleri rayonlıq veterinariya bóliminiń jumısın úyrendi
янв.21
Жоқарғы Кеңес депутаты Шымбай районында сайлаўшылар менен ушырасты
янв.21
"Шымбай ҳаўазы" газетасы
янв.21
Deputat kósheme-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi.
янв.21
Deputat máhálle profilaktika inspektorınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Депутат сайлаў округинда алып барылып атырған қурылыс жумысларын үйренди
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАӮ ОКРУГИНДАҒЫ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
Ishimlik suw tarmaqları jaqsılanbaqta
янв.21
Shımbay rayonında «Basshı hám jaslar» ushırasıwı bolıp ótti
4-sonli oilaviy poliklinikada elektron ro‘yxatga olish tizimi o‘rganildi

4-sonli oilaviy poliklinikada elektron ro‘yxatga olish tizimi o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudoyqulova Nargiza G‘aybullayevna, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy shahar Kengashi raisi Jo‘rabek Hamroyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Muborak Astanova Navoiy shahridagi 4-sonli oilaviy poliklinikada bo‘lib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida yaratilgan shart-sharoitlar hamda elektron ro‘yxatga olish tizimi faoliyatini o‘rgandilar.

Tashrif davomida fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar, jumladan, elektron ro‘yxatga olish tizimi orqali shifokor qabuliga yozilish jarayoni, tizimning ishlash samaradorligi hamda undan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, fuqarolarga qulay va tezkor tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida elektron xizmatlar samaradorligini yanada oshirish, aholi uchun yaratilgan qulayliklarni kengaytirish hamda tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4