35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
ÓzLiDeP partiyası wákilleri rayonlıq veterinariya bóliminiń jumısın úyrendi
янв.21
Жоқарғы Кеңес депутаты Шымбай районында сайлаўшылар менен ушырасты
янв.21
"Шымбай ҳаўазы" газетасы
янв.21
Deputat kósheme-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi.
янв.21
Deputat máhálle profilaktika inspektorınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Депутат сайлаў округинда алып барылып атырған қурылыс жумысларын үйренди
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАӮ ОКРУГИНДАҒЫ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
Shımbay rayonında «Basshı hám jaslar» ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Ishimlik suw tarmaqları jaqsılanbaqta
Kotib

Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “Turon” mahallasi faollari, Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi Kotibiyati kotibiyat bosh mutaxassisi, “MADAD” NNT bosh mutaxassisi, tumanda xizmat ko‘rsatuvchi kommunal xizmat va tibbiyot vakillari ishtirok etishdi.

Deputat J.Gulamov o‘z axborotida 2026-yilning 2-choragi davomida tuman Kengashining sessiyasi va doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilgan masalalar hamda aholi turmush tarzini yaxshilash va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar infratuzilmasiga qaratilgan qarorlar bo‘yicha kiritilgan takliflari,  7 marotaba sayyor qabullar tashkil etilgani, murojaatlarni hal etish maqsadida mutasaddi tashkilotlarga 3 ta deputatlik so‘rovi yuborilganligi hamda fuqarolar murojaatlari yuzasidan qilingan amaliy ishlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

“Obod mahalla” dasturi doirasida “Turon” mahallasi hududida olib borilayotgan ishlar xaqida to‘xtalib,  hududda 80 m eskirgan suv tarmog‘i hamda 1 ta gaz taqsimlash punkti mukammal  ta’mirlanganini xam aytdi.

Shuningdek, deputatlik nazorati doirasida aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, infratuzilma loyihalarini davom ettirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi ma’lum qilindi.

Uchrashuv yakunida deputat J.Gulamov 3-chorakda belgilangan vazifalarni izchil davom ettirish va mahallada aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish uning asosiy vazifasi ekanligini ta’kidladi.

Slide 1 of 5