Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shımbay rayonında «Basshı hám jaslar» ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Ishimlik suw tarmaqları jaqsılanbaqta
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi mektepke shekemgi bilimlendiriw shólkemi jumısı hám imaratlarınıń texnikalıq jaǵdayın úyrendi.
янв.21
Baslanǵısh partiya shólkemi shólkemlestirilmekte
янв.21
BELSENE NURANÍYLAR MENEN ABADANLASTÍRÍW MÁSELELERI DODALANDÍ
янв.21
MÁHÁLLEDEGI MASHALALAR ÚYRENILMEKTE
янв.21
“Jaslar másláhát toparı” aǵzaları ushın oqıw seminarı bolıp ótti
янв.21
“Tazajol” APJ aymaǵındaǵı mektep imaratınıń kapital ońlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Ekologiya partiyası "Meniń baǵım" joybarı sheńberinde ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı
янв.21
“Tazajol” APJ aymaǵındaǵı boyan tamır islep shıǵarıw kárxanasınıń jumısı menen tanıstı
24 TA TAVSIYA: Yoshlar tadbirkorligi va bandligi — e’tibor markazida

         Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularningbandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslariga qanot berish maqsadida tizimli uchrashuvlar davom etmoqda. Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati I.Butabekov «Kapa» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan ish rejasiga muvofiq navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. Uchrashuvda Agrobank viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari ham ishtirok etib, yoshlar uchun yaratilayotgan moliyaviy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda quyidagi muhim mavzular atroflicha muhokama qilindi: Huquqiy kafolat: Uchrashuv davomida yoshlarga «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-642-son) mazmun-mohiyati, unda belgilangan ish izlovchi va ishsiz shaxslarning huquqlari, bandlik sohasida taqdim etilayotgan davlat kafolatlari hamda subsidiyalar
haqida huquqiy tushunchalar berildi.
Deputat va bank mutasaddisi ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob qaytardilar. Loyihasini boshlash istagidagi bir qator yoshlarning kredit va yer ajratish bilan bog‘liq murojaatlari joyida nazoratga olindi.  

Slide 1 of 4