Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining deputati Z. Polvonova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda O‘zbekiston XDP Shovot tuman Kengashi raisi O. Akimova tomonidan Madaniyat mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrdagi "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi O‘RQ–407-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida ichki ishlar organlari tomonidan qonun talablarining amalda bajarilishi, huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, o‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, huquqbuzarliklarning oldini olish va deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.