Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ishimlik suw tarmaqları jaqsılanbaqta
янв.21
Shımbay rayonında «Basshı hám jaslar» ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi mektepke shekemgi bilimlendiriw shólkemi jumısı hám imaratlarınıń texnikalıq jaǵdayın úyrendi.
янв.21
Baslanǵısh partiya shólkemi shólkemlestirilmekte
янв.21
BELSENE NURANÍYLAR MENEN ABADANLASTÍRÍW MÁSELELERI DODALANDÍ
янв.21
MÁHÁLLEDEGI MASHALALAR ÚYRENILMEKTE
янв.21
“Jaslar másláhát toparı” aǵzaları ushın oqıw seminarı bolıp ótti
янв.21
“Tazajol” APJ aymaǵındaǵı mektep imaratınıń kapital ońlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Ekologiya partiyası "Meniń baǵım" joybarı sheńberinde ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı
янв.21
“Tazajol” APJ aymaǵındaǵı boyan tamır islep shıǵarıw kárxanasınıń jumısı menen tanıstı
Nurobod mahallasida ijtimoiy himoya va kambag'allikni qisqartirish ishlari deputatlik nazoratida

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda
#24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun #haftalik_ish_reja_ijrosi


Nurobod mahallasida ijtimoiy himoya va kambag'allikni qisqartirish ishlari deputatlik nazoratida

🗂 Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashining "23-Haqiqat" saylov okrugi deputati Xaydarov Artur Mixaylovich tomonidan Nurobod mahallasida deputatlik nazorati doirasida mahalla raisi, hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim faoliyati deputatlarning 24 talik tavsiyalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF–209-son farmoni ijrosi asosida tahlil qilindi.

📊 Tahlil davomida mahalla hududida 23 ta koʻp qavatli uy mavjudligi, ularda 1 520 ta oila va jami 6 010 nafar fuqaro istiqomat qilishi maʼlum qilindi.
Ijtimoiy reyestrda 34 nafar fuqaro roʻyxatga olingan boʻlib, ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish, manzilli yordam ajratish hamda mavjud muammolarini hal etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

↗️ Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, oilalar daromadini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi baholandi. Ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga xizmatlar koʻrsatish sifati, ijtimoiy yordamlarni manzilli tashkil etish hamda fuqarolar bilan individual ishlash holati ham tahlil qilindi.

📁 Mahalla raisining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, mahalladagi ijtimoiy masalalarni hal etish, mahalla yettiligi faoliyatini samarali tashkil etish borasidagi ishlari ham deputatlik nazorati doirasida koʻrib chiqildi.

💼 Mazkur nazorat tadbirida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Zarngor Kuziyeva ishtirok etdi. Yakunda aniqlangan masalalar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiyalar va aniq vazifalar berilib, belgilangan topshiriqlar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4