Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhálledegi ishimlik suwı tarmaǵınıń avariyalıq jaǵdayın úyrendi
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI MASHQALALARDI ÚYRENDI
янв.21
Deputat “Jipek jolı” máhálle profilaktika inspektorınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
2# TURAQLI KOMISSIYASI MÁJLISI BOLIP ÓTTI
янв.21
TURAQLI KOMISSIYASI MÁJLISI BOLIP ÓTTI
янв.21
ШЫМБАЙДА "ҚУЎАНЫШ ҲӘМ МЕҲИР ҮЛЕСЕЙИК" АКЦИЯСЫ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
Deputat rayondaǵı jańadan qurılıp atırǵan tuwıw úyiniń qurılısı menen tanıstı
янв.21
“Doslıq” MPJ aymaǵındaǵı suwǵarıw tarmaqların betonlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat rayondaǵı Veterinariya hám sharwashılıqtı rawajlandırıw bóliminiń jumısı menen tanıstı
“NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan deputatlik nazorati doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Parkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida mazkur Qonun ijrosining amaldagi holati, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, qamrovi hamda qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi atroflicha o‘rganildi.Shuningdek, markaz direktorining o‘rinbosari Mahkamov Rustam bilan muloqot o‘tkazildi. Suhbat davomida deputat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash, uy sharoitida ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, murojaatlarni ko‘rib chiqish amaliyoti, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha savollar berildi.O‘rganish yakunida Qonun ijrosini yanada samarali
tashkil etish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda davlat xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.
  

Slide 1 of 1