35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
ÓzLiDeP partiyası wákilleri rayonlıq veterinariya bóliminiń jumısın úyrendi
янв.21
Жоқарғы Кеңес депутаты Шымбай районында сайлаўшылар менен ушырасты
янв.21
"Шымбай ҳаўазы" газетасы
янв.21
Deputat kósheme-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi.
янв.21
Deputat máhálle profilaktika inspektorınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Депутат сайлаў округинда алып барылып атырған қурылыс жумысларын үйренди
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАӮ ОКРУГИНДАҒЫ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
Shımbay rayonında «Basshı hám jaslar» ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Ishimlik suw tarmaqları jaqsılanbaqta
MATONAT MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Muxsimov Nurillo hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Aliyeva tomonidan “Otchopat-1” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar masalalari bilan yaqindan tanishildi.
Mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, oilaviy muammolarni aniqlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, shuningdek, ayollar murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur masala deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ushbu jarayon “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.
”Otchopar-1” mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish va mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!
Slide 1 of 2