35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya kún tártibine kirgizilgen máseleler belgilengen tártipte hár tárepleme dodalandı.
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
AWIR KATEGORIYADAǴI “PÁSHENTTAW” MÁHÁLLESINDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
Deputat qábirstan aymaǵında abadanlastırıw jumıslarında qatnastı
янв.21
Deputat bazardaǵı baha jaǵdayın úyrendi
янв.21
Deputat kóshe-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi
янв.21
Deputat járdemi menen puqara jumısqa jayǵastırıldı
янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
ÓzLiDeP partiyası wákilleri rayonlıq veterinariya bóliminiń jumısın úyrendi
янв.21
Жоқарғы Кеңес депутаты Шымбай районында сайлаўшылар менен ушырасты
Komissiya yig‘ilishida yoshlarni salbiy axborotlardan himoya qilish masalasiga alohida e’tibor haqida deputat taklifi
#deputat_taklifi #doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Komissiya yig‘ilishida yoshlarni salbiy axborotlardan himoya qilish masalasiga alohida e’tibor haqida deputat taklifi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi davomida yoshlarning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish masalalari yuzasidan qator takliflar bildirildi.

📝 Doimiy komissiya a’zosi deputat Nodir Yunusov muhokamalar davomida bugungi kunda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda zamonaviy axborot makonining o‘rni va ta’sirini chuqur hisobga olish zarurligini ta’kidladi.

🔺 Deputatning qayd etishicha, bugungi kunda ko‘plab yoshlar turli ijtimoiy tarmoqlar va axborot platformalaridagi zararli, buzg‘unchi hamda yolg‘on mazmundagi kontentlar ta’siriga tushib qolmoqda. Natijada ularning dunyoqarashi, ma’naviy qadriyatlari va huquqiy ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar kuchaymoqda.

🔎 Shu bois, yoshlarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning, shu jumladan maxsus profilaktika choralarining samaradorligini oshirishda taqiqlovchi usullardan ko‘ra, ommaviy axborot vositalari va raqamli platformalar orqali sifatli, tarbiyaviy, huquqiy va vatanparvarlik ruhidagi kontentlarni ko‘paytirish muhimligini ta’kidladi.

🤝 Shuningdek, davlat organlari, ta’lim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari, blogerlar va ommaviy axborot vositalari hamkorligida yoshlar uchun qiziqarli va ishonchli media mahsulotlarini yaratish, ularni salbiy axborot xurujlaridan himoya qilishning eng samarali vositalaridan biri ekanini qayd etdi.

✅ Bildirilgan takliflar komissiya a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda axborot makonida sog‘lom media muhitni shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim tashabbus sifatida e’tirof etildi.

🗣 Xalq deputat Toshkent shahar Kengashi deputati, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zosi - Nodir Yunusov

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1