35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya kún tártibine kirgizilgen máseleler belgilengen tártipte hár tárepleme dodalandı.
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
AWIR KATEGORIYADAǴI “PÁSHENTTAW” MÁHÁLLESINDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
Deputat qábirstan aymaǵında abadanlastırıw jumıslarında qatnastı
янв.21
Deputat bazardaǵı baha jaǵdayın úyrendi
янв.21
Deputat kóshe-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi
янв.21
Deputat járdemi menen puqara jumısqa jayǵastırıldı
янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
ÓzLiDeP partiyası wákilleri rayonlıq veterinariya bóliminiń jumısın úyrendi
янв.21
Жоқарғы Кеңес депутаты Шымбай районында сайлаўшылар менен ушырасты
CHILONZORDA "USTOZ AI” LOYIHASI TASDIQLANDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 7-iyuldagi III-22-66-14-204-K/26-son qarori bilan yoshlarni zamonaviy kasblar, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish, ularning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, zamonaviy mehnat bozori talablariga mos malakali kadrlar tayyorlash hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan “Ustoz AI” loyihasi tasdiqlandi.

Loyiha doirasida ishtirokchilar sun’iy intellekt texnologiyalari, raqamli platformalardan samarali foydalanish, zamonaviy kasblar bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni egallash, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilish va mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etadilar.

Mazkur loyiha 2026-yil iyul–avgust oylarida amalga oshirilishi belgilangan.

Loyihaning ijrosi yuzasidan quyidagi tashkilotlar mas’ul etib belgilangan:
• Chilonzor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi (F. Keldibekov);
• Chilonzor tumani Yoshlar ishlari bo‘limi (R. Hikmatillayev).

Mazkur tashabbus yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning bandligini ta’minlash hamda raqamli iqtisodiyot sharoitida malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1