35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joqarǵı Keńes deputatı Shımbay rayonında saylawshılar menen ushırastı
янв.21
Keńes baslıǵı «Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálle» statusı berilgen máhállelerde alıp barılıp atırǵan ońlaw jumısları menen tanıstı.
янв.21
Qáwipsiz baqsha
янв.21
Keńes baslıǵı saylaw okrugindaǵı ajırım jaǵasına kelip qalǵan shańaraq aǵzaları menen ushırastı.
янв.21
DEPUTATLIQ USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
“Shımbay dıyqan bazarı” JShJ jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat gózzallıq salonlarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
“ASHIQ BYUDJET”
янв.21
Deputat kóshe-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi
янв.21
Mádeniy miyras obektleri hám olardıń saqlanıw jaǵdayı menen tanıstı
Deputatlik nazorati: qonun ijrosi va jamoat xavfsizligi monitoring qilindi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Izzat Masharipov hamda tuman Kengashi deputati Faxriddin Navro‘zov tomonidan 20-Mahtumquli saylov okrugi hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.
Monitoring davomida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-son Qonuni talablari ijrosi, profilaktika inspektorlarining faoliyati, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi tahlil qilindi.
Shuningdek, hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, hududlarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash hamda fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish borasidagi monitoring ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6