35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joqarǵı Keńes deputatı Shımbay rayonında saylawshılar menen ushırastı
янв.21
Keńes baslıǵı «Jańa Ózbekstan kórinisindegi máhálle» statusı berilgen máhállelerde alıp barılıp atırǵan ońlaw jumısları menen tanıstı.
янв.21
Qáwipsiz baqsha
янв.21
Keńes baslıǵı saylaw okrugindaǵı ajırım jaǵasına kelip qalǵan shańaraq aǵzaları menen ushırastı.
янв.21
DEPUTATLIQ USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
“Shımbay dıyqan bazarı” JShJ jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat gózzallıq salonlarınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
“ASHIQ BYUDJET”
янв.21
Deputat kóshe-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi
янв.21
Mádeniy miyras obektleri hám olardıń saqlanıw jaǵdayı menen tanıstı
Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Kayran" mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi.

Angor tumanida mahallabay ishlash tizimi samaradorligini oshirish, "mahalla yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirish hamda aholini doimiy daromad manbai bilan ta'minlash borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Primqulov Rustam hamda kotibiyat mudiri Jamshid Raximqulov
14-Kayran saylov okrugiga qarashli “Kayran” mahallasida bo‘ldilar.Tashrif davomida mahalladagi hokim yordamchisining bugungi kundagi ish faoliyati, belgilangan reja va vazifalarning ijrosi atroflicha va tanqidiy tahlil qilindi.

💬Tahlil jarayonida quyidagi eng muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:

Aholi bandligi.Mahallada ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy va barqaror daromad manbaiga ega qilish borasida ko‘rilayotgan choralar samaradorligi;

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida fuqarolarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar va subsidiyalarning maqsadli hamda samarali sarflanishi holati;

Kambag‘allikni qisqartirish. Mahalladagi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning "xonadonbay" sharoitlarini o‘rganish va ularni daromadli mehnatga (kasb-hunarga) jalb qilish orqali kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili.

"Hokim yordamchisining faoliyati qog‘ozdagi hisobotlar yoki quruq raqamlar bilan emas, balki mahallada yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari, muqim ishli bo‘lgan fuqarolar va daromadi oshgan xonadonlar soni bilan baholanishi shart. Bu borada deputat bilan hamkorlikda ishlash muammolarga tezkor va qonuniy yechim topish imkonini beradi.

Slide 1 of 3