Qonun va qarorlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan uchrashib, so‘nggi davrda qabul qilingan qonunlar hamda qarorlarning mazmun-mohiyatini tushuntirdi.
Muloqot davomida fuqarolarga yangi normativ-huquqiy hujjatlarning ahamiyati, ularning amaliyotdagi o‘rni va aholi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.