Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
Deputat rayondaǵı jańadan qurılıp atırǵan tuwıw úyiniń qurılısı menen tanıstı
янв.21
“Doslıq” MPJ aymaǵındaǵı suwǵarıw tarmaqların betonlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat rayondaǵı Veterinariya hám sharwashılıqtı rawajlandırıw bóliminiń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat saylaw okruginde kóshe-kóshe júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Turaqlı komissiya rayonlıq Awıl xojalıǵı bólimi jumısı menen tanıstı
янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT BILAN HAMKORLIKDA BANKLAR FAOLIYATI QONUN TALABLARI ASOSIDA O‘RGANILMOQDA

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, 11-“Do‘stlik” saylov okrugi deputati S.Xodjayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirokida ATB “Agrobank” hududiy filialida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bank tizimida qonunchilik talablarining amaldagi ijrosini tahlil qilish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining sifati, ochiqligi va shaffofligini baholash, shuningdek, mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.

📋 O‘rganish jarayonida bank rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirokida Qonun talablari ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:

✅ Markaziy bank tomonidan belgilangan prudensial normativlarga rioya etilishi;
✅ korporativ boshqaruv, ichki audit va risklarni boshqarish tizimining samaradorligi;
✅ manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda affillangan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar ustidan nazorat;
✅ bank siri va mijozlarga oid shaxsiy ma’lumotlarning himoya qilinishi;
✅ kredit, omonat va boshqa bank xizmatlari bo‘yicha shartnomalarning shaffofligi, foiz stavkalari hamda komissiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mijozlarga to‘liq yetkazilishi;
✅ aholi va tadbirkorlik subyektlari omonatlarining o‘z vaqtida qaytarilishi kafolatlari;
✅ jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi ichki nazorat tizimining samaradorligi;
✅ Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijalari hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish holati;
✅ bank xizmatlarini raqamlashtirish va masofaviy xizmatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.

🤝 Tadbir davomida bank tizimida qonun talablarini to‘liq ta’minlash, aholiga sifatli va zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish, moliyaviy xizmatlarda ochiqlik hamda shaffoflikni yanada oshirish, shuningdek, amaliyotda uchrayotgan mavjud muammolar yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

📊 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni ekspert guruhlari ishtirokida atroflicha o‘rganib chiqish hamda ular yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqib, navbatdagi Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.

⚖️ Qonun ustuvorligini ta’minlash, moliyaviy xizmatlarda ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish hamda aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2