Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT VAKILI BILAN DEPUTAT HAMKORLIKDA FUQARO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.

Aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish maqsadida deputatlar tomonidan hududlarda fuqarolar murojaatlari muntazam ravishda o‘rganib borilmoqda.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich hamda komissiya a’zosi, deputat Ismailov Qamariddin Abduraximovich o‘ziga biriktirilgan tashkilot — Davlat kadastrlari palatasi Parkent tuman filiali mutaxassisi bilan hamkorlikda fuqaroning murojaatini joyiga chiqib o‘rganildi.O‘rganish davomida murojaatda ko‘tarilgan masala joyida ko‘zdan kechirilib,uni ijobiy hal etish imkoniyatlari mas’ul mutaxassislar ishtirokida muhokama qilindi. Muammoga huquqiy va amaliy jihatdan yondashilib, uni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar oldiga vazifalar belgilandi hamda mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.Shuningdek, murojaatda ko‘rsatilgan masalaning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va mavjud muammolariga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.Mazkur murojaat ijrosi deputatlar tomonidan nazoratga olinib, yakuniy natijaga qadar monitoring olib boriladi.  

Slide 1 of 4