Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 36-sessiyasida faol ishtirok etdilar

#sessiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 36-sessiyasida faol ishtirok etdilar

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 36-sessiyasi ishida faol ishtirok etib, kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qildilar.

📝 Sessiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “2026-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarorining 2026-yil ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha tumandagi ijrosi muhokama qilindi.

🔎 Mazkur masala yuzasidan Yashnobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sh.A. Miliyev hisobot berib, tumanda jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot taqdim etdi.

💡 Shuningdek, sessiyada Yashnobod tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.X. Nazarov tomonidan tumanning mahalliy budjeti daromadlari bazasini kengaytirish, soliqqa tortish bazasini mustahkamlash hamda 2025-yil olti oy davomida ushbu yo‘nalishda erishilgan natijalar yuzasidan hisobot tinglandi.

📉 Muhokamalar davomida Toshkent shahar Kengashi deputatlari taqdim etilgan hisobotlar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirib, hududlarda xavfsiz muhitni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish, shuningdek, mahalliy budjet daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan qator tavsiyalarni ilgari surdilar.

🔺 Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalar belgilandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6