Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
Deputat Abduvali Ismailov "Chig‘atoy Oqtepa" MFY hududdagi aholi murojaatlari yuzasidan so‘rov yubordi
Deputat Abduvali Ismailov "Chig‘atoy Oqtepa" MFY hududdagi aholi murojaatlari yuzasidan so‘rov yubordi

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abduvali Ismailov Olmazor tumanidagi “Chig‘atoy Oqtepa” MFY mahalla fuqarolar yig‘inida “yettilik” a’zolari va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida aholining turmush sharoiti o‘rganilib, bir qator dolzarb masalalar aniqlangan.

📝 Shu munosabat bilan deputat Abduvali Ismailov O‘zbekiston Respublikasi Mahalla uyushmasi Olmazor tuman bo‘limi boshlig‘i
Sh.Mirzaxmedovga deputatlik so‘rovi yubordi. So‘rovda quyidagi masalalar ko‘tarildi:

🔺Murojaatda “Chig‘atoy Oqtepa” MFY mahallada mahalla fuqarolar yig‘ini binosi mavjud emasligi;

🔺 Natijada mazkur holat mahalla xodimlarining xizmat vazifalarini samarali bajarishi hamda fuqarolarni munosib sharoitda qabul qilishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi;

🔺 “Chig‘atoy Oqtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini binosining qurilishi yuzasidan olib borilayotgan ishlarning holatini atroflicha o‘rganib, qurilishning boshlanish muddati hamda (agar boshlangan bo‘lsa) yakunlanish sanalari haqida batafsil va asoslantirilgan ma’lumot taqdim etilishini;

🔺 Mazkur obyekt qurilishini jadallashtirish, mavjud muammo va to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar hamda kelgusidagi rejalarga oid aniq ma’lumot kiritilishi so‘ralgan.

📁 Deputat so‘rovining asosiy maqsadi — mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi xavfsizligi va qulayligini ta’minlash, bolalar va fuqarolar uchun yashash sharoitini yaxshilashdir. Shu bilan birga, hokimlikdan so‘rovga 10 kun ichida asoslantirilgan javob taqdim etilishi so‘ralgan.


⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 1