Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
КЕҢЕС БАСЛЫҒЫНЫҢ ГЕЗЕКТЕГИ УШЫРАСЫЎЫ ӨТКЕРИЛДИ
Tomorqa — daromad manbai: Toyloqda aholi xonadonlaridagi imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Xamrayev tumandagi “O‘rtaqishloq” mahallasida bo‘lib, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, ichki bozor uchun xaridorgir mahsulotlar yetishtirish hamda oilalarning moddiy farovonligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida mahalladagi bir qator aholi xonadonlariga tashrif buyurilib, tomorqa madaniyati, issiqxonalar faoliyati va ekinlardan yuqori hosil olish tajribalari ko‘zdan kechirildi.

Muhim jihat: Bugungi kunda tomorqa faqatgina ro‘zg‘or ehtiyoji emas, balki oilaviy tadbirkorlikni boshlash va barqaror daromad topish uchun eng qulay imkoniyatdir. Xonadon egalari bilan suhbatda yerdan yilda 2-3 marta hosil olish, zamonaviy agrotexnik tadbirlarni qo‘llash orqali eksportbop va bozorbop mahsulotlar yetishtirishni ko‘paytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Suhbat va o‘rganishlar davomida tomorqadan samarali foydalanishda qiyinchilikka uchrayotgan xonadonlarga soha mutaxassislari va mahalla faollari tomonidan amaliy ko‘maklashish, ularni zarur urug‘lik hamda o‘g‘itlar bilan ta’minlash tizimini yanada jonlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Yerdan unumli foydalanib, ham o‘z ro‘zg‘orini but qilayotgan, ham bozorlarimiz to‘kinligiga hissa qo‘shayotgan mehnatkash toyloqliklarning tajribasini ommalashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2