Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Shohzod G‘afforov, tuman Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Sherali Ikromov hamda 21-Taraqqiyot saylov okrugi deputati A. Mamadiyev ishtirokida Navbahor mahallasi, Naqashon qishlog‘i aholisining elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish natijasida hududda 75 dona temir-beton tayanch ustun va SIP havo elektr uzatish tarmog‘i kabellarini o‘rnatish zarurligi belgilandi.
Deputat tashabbusi bilan mazkur ishlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘ tuman budjetining orttirilgan qismi hisobidan ajratilishi belgilandi.