Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
Deputat rayondaǵı jańadan qurılıp atırǵan tuwıw úyiniń qurılısı menen tanıstı
янв.21
“Doslıq” MPJ aymaǵındaǵı suwǵarıw tarmaqların betonlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat rayondaǵı Veterinariya hám sharwashılıqtı rawajlandırıw bóliminiń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat saylaw okruginde kóshe-kóshe júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Turaqlı komissiya rayonlıq Awıl xojalıǵı bólimi jumısı menen tanıstı
янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi 28-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri X.Berdiyarova, deputatlar E.Erkaboyev hamda X.Shayimova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq Boyovut tumani Ichki ishlar bo‘limi faoliyati tanishildi.

Tashrif davomida tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida Boyovut tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar holati, ularning hududlar kesimidagi tahlili, profilaktik tadbirlarning samaradorligi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan izohlar olindi.

O‘rganish natijalari asosida aniqlangan holatlar, mavjud muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar umumlashtirilib, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida muhokama etish uchun kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 11