35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
ÓzLiDeP partiyası wákilleri rayonlıq veterinariya bóliminiń jumısın úyrendi
янв.21
Жоқарғы Кеңес депутаты Шымбай районында сайлаўшылар менен ушырасты
янв.21
"Шымбай ҳаўазы" газетасы
янв.21
Deputat kósheme-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi.
янв.21
Deputat máhálle profilaktika inspektorınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Депутат сайлаў округинда алып барылып атырған қурылыс жумысларын үйренди
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАӮ ОКРУГИНДАҒЫ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
Ishimlik suw tarmaqları jaqsılanbaqta
янв.21
Shımbay rayonında «Basshı hám jaslar» ushırasıwı bolıp ótti
Deputat so‘rovi yuborildi: Aniqlangan muammo nazoratga olindi

O‘rganishlar davomida Termiz shahrining "Abdulla Avloniy" mahallasi, Alisher Navoiy ko‘chasi 23-sonli ko‘p qavatli turar joyida olib borilgan fasadni ta’mirlash ishlari belgilangan muddatlarda yakunlanmagani aniqlandi.

💬Ma’lum bo‘lishicha, ta’mirlash ishlari davomida pudratchi tashkilot bir necha marotaba almashgan bo‘lishiga qaramay, bugungi kunga qadar qurilish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmagan. Mazkur holat ko‘p qavatli uyda istiqomat qilayotgan fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

💬Shu munosabat bilan ushbu muammoning sabablarini o‘rganish, mas’ul tashkilotlar va pudratchilar faoliyatiga huquqiy baho berish hamda ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan Termiz shahar hokimining o‘rinbosari B. Ergashov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

🔵Deputat so‘roviga muvofiq:

🟢ta’mirlash ishlari kechikishining sabablari chuqur o‘rganilishi;
🟢mas’ul tashkilotlar faoliyatiga qonuniy baho berilishi;
🟢qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan loyiha va muddatlar asosida yakunlash;
🟢ko‘rilgan choralar yuzasidan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga belgilangan tartibda yozma ma'lumot taqdim etilishi so‘ralgan.

🫥Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan Kengash qarorlari ijrosi hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar doimiy nazoratda bo‘lib, aniqlangan har bir muammo yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.