35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylawshılar menen ushırastı
янв.21
ÓzLiDeP partiyası wákilleri rayonlıq veterinariya bóliminiń jumısın úyrendi
янв.21
Жоқарғы Кеңес депутаты Шымбай районында сайлаўшылар менен ушырасты
янв.21
"Шымбай ҳаўазы" газетасы
янв.21
Deputat kósheme-kóshe júrip mashqalalardı úyrendi.
янв.21
Deputat máhálle profilaktika inspektorınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
Депутат сайлаў округинда алып барылып атырған қурылыс жумысларын үйренди
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАӮ ОКРУГИНДАҒЫ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
Shımbay rayonında «Basshı hám jaslar» ushırasıwı bolıp ótti
янв.21
Ishimlik suw tarmaqları jaqsılanbaqta
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

 MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT:
USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI


Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.Umarov
tomonidan So‘fi, Mustaqillik, Iftixor, O‘raboshi, Qayirma, Soykeldi va Tolmazor
mahallalari “mahalla yettiligi” a’zolari bilan amaliy uchrashuv
o‘tkazildi.


Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son
Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-maydagi 292-son
qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mahallalarda amalga
oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, erishilgan natijalar va mavjud muammolar
muhokama etildi.


Muloqot davomida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish,
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va
xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, tadbirkorlikni rivojlantirish,
tomorqalardan samarali foydalanish hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida
hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Shuningdek, har bir mahallada “mahalla yettiligi” faoliyati
samaradorligini oshirish, idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlash va aholi
muammolarini joyida hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
 

Uchrashuv
yakunida mas’ullarga belgilangan topshiriqlar ijrosini so‘zsiz ta’minlash, har
bir murojaat bilan manzilli ishlash hamda aholi farovonligini oshirishga
qaratilgan ishlar samaradorligini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli
ko‘rsatmalar berildi.
  

Slide 1 of 3