Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhálledegi ishimlik suwı tarmaǵınıń avariyalıq jaǵdayın úyrendi
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI MASHQALALARDI ÚYRENDI
янв.21
Deputat “Jipek jolı” máhálle profilaktika inspektorınıń jumısı menen tanıstı
янв.21
2# TURAQLI KOMISSIYASI MÁJLISI BOLIP ÓTTI
янв.21
TURAQLI KOMISSIYASI MÁJLISI BOLIP ÓTTI
янв.21
ШЫМБАЙДА "ҚУЎАНЫШ ҲӘМ МЕҲИР ҮЛЕСЕЙИК" АКЦИЯСЫ ӨТКЕРИЛДИ
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
Deputat rayondaǵı jańadan qurılıp atırǵan tuwıw úyiniń qurılısı menen tanıstı
янв.21
“Doslıq” MPJ aymaǵındaǵı suwǵarıw tarmaqların betonlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat rayondaǵı Veterinariya hám sharwashılıqtı rawajlandırıw bóliminiń jumısı menen tanıstı
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 3-Romish saylov okrugidan saylangan deputat R.Bozorova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murojov hamkorligida “Oqtepa” mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga daxldor masalalar, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi. 

Deputat R.Bozorova saylovchilar tomonidan bildirilgan har bir taklif va muammoni atroflicha o‘rganish, ularni amaldagi qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishini ta’kidladi. Shuningdek, ayrim masalalarni hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga deputatlik nazorati va deputat so‘rovi orqali amaliy choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.
Uchrashuv ochiq muloqot va savol-javoblar ruhida o‘tdi. Saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar oldilar hamda bildirilgan takliflar kelgusidagi deputatlik faoliyatida ustuvor vazifalardan biri sifatida nazoratga olinishi qayd etildi.
Bunday uchrashuvlar aholi bilan doimiy muloqotni mustahkamlash, hududlardagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4