Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
Deputat rayondaǵı jańadan qurılıp atırǵan tuwıw úyiniń qurılısı menen tanıstı
янв.21
“Doslıq” MPJ aymaǵındaǵı suwǵarıw tarmaqların betonlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat rayondaǵı Veterinariya hám sharwashılıqtı rawajlandırıw bóliminiń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat saylaw okruginde kóshe-kóshe júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Turaqlı komissiya rayonlıq Awıl xojalıǵı bólimi jumısı menen tanıstı
янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputati Bo‘zatov tumani Kengashi 3-sonli "Mádeniyat" saylov okrugidan (O‘zXDP) saylangan deputat G.Yusupova va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Alimov bilan birgalikda, Bo‘zatov tumani yoshlar markazi binosida yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025 yil 26 fevraldagi "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida yoshlar maslahat guruhini tashkil etish to‘g‘risida"gi QQ-102-V-sonli qaroriga muvofiq yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalq deputatlari Bo‘zatov tuman Kengashi huzurida yoshlar maslahat guruhi tuzildi. 

Majlis davomida yoshlar masalalariga oid yechim loyihalarini ishlab chiqish hamda muhokamada faol ishtirok etish, yoshlarga oid masalalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ushbu yo‘nalishda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlariga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha so‘z yuritildi.

Tadbir davomida tuman yoshlari o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, startap loyihalari va mobilografiya yo‘nalishidagi ishlari haqida so‘zlab berdi. Yoshlar tomonidan bildirilgan yangi takliflar va amaliy tashabbuslar deputat tomonidan qiziqish bilan tinglanib, ularni amalga oshirish bo‘yicha tegishli qo‘llab-quvvatlashlar ko‘rsatilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yoshlar uchun nafaqat fikr almashish maydoni, balki ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlovchi, yangi yutuqlarga ruhlantiruvchi platformaga aylandi. 

Bunday uchrashuvlar tuman yoshlarining salohiyatini oshirish va ularning innovatsion tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘zatov tumanida bu boradagi ishlar izchil davom ettirilib, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. 

Slide 1 of 4