Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
Deputat rayondaǵı jańadan qurılıp atırǵan tuwıw úyiniń qurılısı menen tanıstı
янв.21
“Doslıq” MPJ aymaǵındaǵı suwǵarıw tarmaqların betonlaw jumısları menen tanıstı
янв.21
Deputat rayondaǵı Veterinariya hám sharwashılıqtı rawajlandırıw bóliminiń jumısı menen tanıstı
янв.21
Deputat saylaw okruginde kóshe-kóshe júrip, xalıqtıń mashqalaların úyrendi
янв.21
Turaqlı komissiya rayonlıq Awıl xojalıǵı bólimi jumısı menen tanıstı
янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida barpo etilayotgan “Yashil bog‘” hududi joyiga chiqib o‘rganildi

“Mening bog‘im” loyihasi doirasida barpo etilayotgan “Yashil bog‘” hududi joyiga chiqib o‘rganildi

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni dastlabki tartibda ko‘rib chiqish maqsadida Kengashning agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Uchtepa tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi mutaxassislari ishtirokida Uchtepa tumani Istirohat mahallasi hududida “Mening bog‘im” loyihasi doirasida barpo etilishi belgilangan “Yashil bog‘” hududiga joyiga chiqilgan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

💼 O'rganishda deputatlar Saodat Malikov, Saodat Dusmuxamedova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari Umidbek Abilov, Zarnigor Kuziyevalar Uchtepa tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi boshlig'i Xojiakbar Miraxmedovlar ishtirok etishdi.

↗️ Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "Mening bog‘im loyihasi doirasida Uchtepa tumani “Istirohat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Yashil bog‘” tashkil etish to‘g‘risida" 2025-yil 1-iyuldagi III-14-73-14-202-K/25-sonli qaroriga asosan mazkur hududda "Yashil bog'" barpo etish uchun "Mening bog'im" loyihasida yutilgan 250 mln. so'm mablag' yo'naltirilgan.

📊 O‘rganish davomida loyiha uchun ajratilgan yer maydonining holati, hududni obodonlashtirish, ko‘chat ekish, sug‘orish tizimini tashkil etish hamda yashil maydonni barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

💬 Shuningdek, “Yashil bog‘”ni tashkil etish jarayonida ekologik talablar va shaharsozlik me’yorlariga rioya etilishi, hududning ekologik barqarorligini ta’minlash hamda aholining qulay dam olishi uchun zarur infratuzilmani yaratish masalalari yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashildi.

📈 O‘rganish yakunlari bo‘yicha loyiha ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirilishini nazorat qilish hamda “Mening bog‘im” loyihasi doirasida yashil hududlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 6