Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Ómirdi tańla!" akciyası Shımbay rayonında dawam etpekte
янв.21
Deputat óz saylaw okrugindegi sawda dúkanlarınıń jumısın úyrendi
янв.21
QABILLAW BOLIP ÓTTI
янв.21
Búgin Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 20 - sessiyası bolıp ótti
янв.21
DEPUTAT AWIR KATEGORIYADAǴI MÁHÁLLEDE ÚYRENIW JUMISLARIN ÓTKERDI
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE XALIQ MASHQALALARIN ÚYRENDI
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWÍ UNAMLI SHESHILDI
янв.21
Reje
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesindegi Ózbekstan XDP deputatlıq toparı aǵzası X.Abdijaliyev tárepinen “Gúlistan” MPJ aymaǵındaǵı 7-sanlı MShBShde úyreniw jumısları alıp barılǵanda:
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
Zargarlik mahallasini o'rganish natijasida aniqlangan muammo yuzasidan deputat so'rovi chiqarildi

Zargarlik mahallasini o'rganish natijasida aniqlangan muammo yuzasidan deputat so'rovi chiqarildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "24-Shirin" saylov okrugi deputati Mustafayeva Shahnoza Ermuxammadovna tomonidan O'zbekiston mahallalar uyushmasi Uchtepa tumani bo‘limi boshlig‘i Laziz Yusupovga deputatlik so'rovi chiqarildi.

⚠️ Uchtepa tumani “24-Shirin” saylov okrugi hududidagi Zargarlik mahallasida olib borilgan oʻrganish ishlari davomida 56-uy boshi fuqaro R.Alimov hamda mazkur koʻp qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan jamoaviy murojaat bildirilgan.

📁 Murojaatda, mazkur koʻp qavatli uyning old qismiga bir necha yil avval yotqizilgan beton qoplama bugungi kunda yaroqsiz holatga kelgan. Natijada beton qoplamaning yemirilishi oqibatida doimiy ravishda chang koʻtarilib, aholining sogʻligʻi va yashash sharoitiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Ushbu holat hududning sanitariya holati hamda obodonlashtirish talablariga ham toʻliq javob bermasligi keltirilgan hamda deputat tomonidan joyiga chiqib o'rganib, tasdig'i topilgan.

📝 Shu munosabat bilan, yuqoridagilarni inobatga olib, amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, Zargarlik mahallasi hududidagi mazkur koʻp qavatli uy old qismiga yangi asfalt qoplamasi yotqizish masalasini belgilangan tartibda koʻrib chiqib, ushbu ishlarni amalga oshirish yuzasidan qonunchilikda belgilangan ishlarni amalga oshirib, muddatida yozma ravishda axborot taqdim etilishi so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1